MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA KO’Z KASALLIKLARINING TARQALGANLIGI VA XAVF OMILLARINI BILISH DARAJASINI O’RGANISH
##semicolon##
ko‘z salomatligi##common.commaListSeparator## konyuktivit##common.commaListSeparator## maktab o‘quvchilari##common.commaListSeparator## profilaktika##common.commaListSeparator## gigiyenaAbstrak
Ushbu maqolada maktab o‘quvchilari orasida ko‘z salomatligiga oid profilaktik bilimlar darajasi, ularning gigiyenik ko‘nikmalari va ko‘rish qobiliyatini asrashdagi amaliy yondashuvlar o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar orasida ko‘z salomatligiga oid bilimlar yetarli emasligi, bu esa konyuktivit va boshqa ko’rish buzilishlari ko‘payishiga sabab bo‘layotgani aniqlandi. Profilaktik bilimlarni oshirish uchun ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti, ko‘z mashqlari va yoritilish gigiyenasiga rioya qilish zarurligi ko‘rsatildi. Mazkur maqolada Xorazm va Samarqand viloyatlarida maktab o‘quvchilari orasida ko‘z kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha bilim darajalari o‘rganildi, natijalar qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi maqtab yoshidagi bolalar o’rtasida ko’z kasalliklari xavf omillarini tarqalganligini baholashdan iborat bo’ldi. Tadqiqotda ijtimoiy-so’rovnoma va statistik usullardan foydalanilgan. Statistik ko’rsatkichlar nisbiy va o’rtacha miqdorlarda ifodalangan, o’rtacha xatolikni hisoblash ±m va Styudent kriteriysi t asosida ko’rsatkichlar chinligi baholangan
##submission.citations##
1. Karimov Sh. va boshq. Bolalarda ko‘z kasalliklari profilaktikasi. Toshkent: Fan, 2018.
2. Rasulov A. Oftalmologiya asoslari. Samarqand: SamDTI nashriyoti, 2020.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Maktab gigiyenasi bo‘yicha metodik qo‘llanma. Toshkent, 2021.
4. Dolgin E. “The myopia boom.” Nature. 2015; 519: 276–278.
5. Morgan I.G., French A.N., et al. “The epidemics of myopia: Aetiology and prevention.” Prog Retin Eye Res. 2018; 62: 134–149.
6. Rose K.A., Morgan I.G., et al. “Outdoor activity reduces the prevalence of myopia in children.” Ophthalmology. 2008; 115(8): 1279–1285.
7. World Health Organization. World report on vision. Geneva: WHO, 2019.
8. Bozorov M. va boshq. Maktab yoshidagi bolalarda ko‘z salomatligini saqlash. Toshkent: Istiqlol, 2019.
9. Xudoyqulov B. Gigiyena va profilaktika asoslari. Buxoro: BuxDUPI nashriyoti, 2022.
10. Usmonova Y.Sh., Nuraliyeva N.B. Важность профилактики заболеваний глаз// Abu Ali Ibn Sino ta’limotidan uchinchi renessans sari» V xalqaro konferensiya Buxoro-2025. 112-113 –бет
11. Usmonova Y.Sh., Nuraliyeva N.B. Maktab o’quvchilarining ko’z kasalliklari xavf omillari bo’yicha bilimdonligini o’rganish // «Современные достижения и перспективы развития охраны здоровья населения» сборник материалов республиканской научно-практической конференции // Ташкент, 2024. С. 232-233