O'TKIR OBSTRUKTIV YIRINGLI XOLANGIT BILAN OG'RIGAN BEMORDA CLOSTRIDIUM PERFRINGENS VA ESCHERICHIA COLI BAKTERIEMIYASI
##semicolon##
Anaerob infektsiyalarAbstrak
Sog‘lom odamda normal sharoitda o‘t steril bo‘ladi, ammo u mikroblar bilan ifloslanganda 70-80% xolatda E.coli, Enterococcus, kamroq esa K.pneumoniae, Enterobacter, shu bilan birgalikda Salmonella lar xam uchrashi mumkin. Anaerob mikroorganizmlardan Clostridium perfringens, o‘t-tosh kasalligining 10-20% da esa Peptococcaceae vakillari uchraydi. Ba’zi hollarda esa aralash aerob va anaerob infeksiyalar xam uchraydi. Clostridium perfringens 15-20 dan ortiq turli xil toksinlar ishlab chiqarish orqali sepsisga olib kelishi mumkin, shu jumladan α-toksin bu esa gemoliz (qon hujayralarining parchalanishi)ga olib keladi va juda og‘ir oqibatga olib keladi. Clostridium perfringens hayvonlarda nekrotik enterit va travmatik gangrenaning asosiy sababi hisoblanadi. Ayrim holatlarda ushbu bakteriya o‘t yo‘llarining infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarda keskin gazli xoletsistit (emfizematoz xoletsistit) ga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq C. perfringens bakteriyasining boshqa aerob bakteriyalar (masalan, E. coli) bilan birgalikda qon orqali tarqalishi natijasida yuzaga keladigan miks infeksiyasi juda kam uchraydi va ko‘pincha og‘ir oqibatlarda yakun topadi.##submission.citations##
1. Годовалов А.П., Задорина И.И., Быкова Л.П. Способ экспресс-детекции Escherichia coli и бактерий группы кишечной палочки в ротовой полости // Клин. лаб. диагностика. 2022. №3.
2. Джулай Г.С., Михайлова Е.С., Джулай Т.Е. Микробиоценозы верхних отделов ЖКТ у больных гастроэзофагеальной рефлюксной болезнью на фоне билиарной патологии // ЭиКГ. 2017. №6 (142).
3. Червинец В. М., Червинец Ю. В., Кравчук Э. С. и др. Динамика изменчивости микробиоты полости рта и толстого кишечника юношей при перемене условий жизни // Клин. лаб. диагностика. 2019. №8.
4. Effenberger M, Al-Zoairy R, Gstir R, Graziadei I, Schwaighofer H, Tilg H, Zoller H. Transmission of oral microbiota to the biliary tract during endoscopic retrograde cholangiography. BMC Gastroenterol. 2023 Apr 3;23(1):103. doi: 10.1186/s12876-023-02721-7. PMID: 37013522; PMCID: PMC10069052.
5. Kiu R, Hall LJ. An update on the human and animal enteric pathogen Clostridium perfringens // Emerg Microbes Infect. 2018;7:1–15.
6. Simon TG, Bradley J, Jones A, Carino G. Massive intravascular hemolysis from Clostridium perfringens septicemia // A review. J Intensive Care Med. 2014;29:327–33.
7. Jasnosz KM, Shakir AM, Perper JA. Fatal Clostridium perfringens and Escherichia coli sepsis following urea-instillation abortion // Am J Forensic Med Pathol. 1993;14:151–54.
8. Chinen K. Sudden death caused by Clostridium perfringens sepsis presenting as massive intravascular hemolysis // Autops Case Rep. 2020;10:e2020185.