Jurnal haqida

14.00.00 - TIBBIYOT FANLARI    ISSN: 3093-8740 
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining “JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI” ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 25.08.2025-yildagi 374/6-son qaroriga binoan,  14.00.00 - Tibbiyot fanlari bo‘yicha dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI URGANCH FILIALI “JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI” ilmiy jurnali 2025-yildan boshlab chop etiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida 2025-yil 23-iyundagi № 846392-raqamli guvohnoma bilan ro’yhatga olingan.

JANUBIY OROL BO‘YI TIBBIYOT JURNALI

Janubiy Orol bo‘yi tibbiyot jurnali” tibbiyot fanining turli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ilmiy, nazariy va amaliy jurnal bo‘lib, zamonaviy tibbiy tadqiqotlar, klinik amaliyotdagi yangiliklar va sog‘liqni saqlash sohasidagi ilg‘or yondashuvlarni yoritishga qaratilgan.

Nashr qilingan yili: 2025 yil

Davomiyligi: 2 oyda 1 marta (1 yilda 6 ta nashr)

Sayt havolasi: https://jurnal.urgfiltma.uz/

Jurnal quyidagi asosiy yo'nalishlarni qamrab oladi:

14.00.01 Akusherlik va ginekologiya

14.00.02 Morfologiya

14.00.03 Endokrinologiya

14.00.04 Otorinolaringologiya

14.00.05 Ichki kasalliklar

14.00.06 Kardiologiya

14.00.07 Gigiena

14.00.08 Oftalmologiya

14.00.09 Pediatriya

14.00.10 Yuqumli kasalliklar

14.00.11 Dermatologiya va venerologiya

14.00.12 Tibbiy reabilitatsiya

14.00.13 Nevrologiya

14.00.14 Onkologiya

14.00.15 Patologik anatomiya

14.00.16 Oddiy va patologik fiziologiya

14.00.17 Farmakologiya va klinik farmakologiya

14.00.18 Psixiatriya va narkologiya

14.00.19 Klinik radiologiya

14.00.20 Tibbiy genetika

14.00.21 Stomatologiya

14.00.22 Travmatologiya va ortopediya

14.00.23 Hamshiralik ishini tashkil etish

14.00.24 Sud tibbiyoti

14.00.25 Klinik-laboratoriya va funksional diagnostika

14.00.26 Ftiziatriya

14.00.27 Jarrohlik

14.00.28 Neyroxirurgiya

14.00.29 Gematologiya va qon quyish

14.00.30 Epidemiologiya

14.00.31 Urologiya

14.00.32 Transplantatsiya va sun'iy organlar

14.00.33 Jamoat salomatligi. Sog'liqni saqlashni boshqarish

14.00.34 Yurak-qon tomir jarrohligi

14.00.35 Bolalar jarrohligi

14.00.36 Allergologiya va immunologiya

14.00.37 Anesteziologiya va intensiv terapiya

14.00.38 Sport tibbiyoti

14.00.39 Toksikologiya

14.00.40 Shoshilinch tibbiy yordam

14.00.41 An'anaviy tibbiyot

14.00.42 Pulmonologiya

Jurnalda ilmiy maqolalar, klinik kuzatishlar, tahliliy sharhlar va sog'liqni saqlash tizimidagi muhim yangiliklar mavjud. Shuningdek, u yosh olim va mutaxassislarning ilmiy tajriba almashishi, dolzarb mavzularda fikr yuritishi uchun maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

Janubiy Orolbo‘yi tibbiyot jurnali tibbiyot sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ilmiy natijalarni keng jamoatchilikka yetkazish, zamonaviy innovatsion usullarni targ‘ib qilish va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.

  1. Bosh muharrir. Ro‘ziboyev Rashid Yusupovich – Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori.
  2. Bosh muharrir o‘rinbosari. Karimov Rasulbek Xasanovich - Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari. ORCID-0009-0009-0325-2709
  3. Mas'ul kotib. Masharipov Alisher Qadambayevich - Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi mudiri.